2026–2027 yillarda “Hamroh” ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tomonidan 6 ming ayolning tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident farmonida qayd etildi.
Shuningdek, 2,8 ming ayol tadbirkorlik bo‘yicha o‘qitiladi va 2 ming ayolning tadbirkorlik faoliyatiga hamroh bo‘lish orqali ko‘mak beriladi.
Tuman va shahar hokimliklari tomonidan tashkil etilgan markazlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va ayollar qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va ayollar boshqarmalari nazorati ostida ishlaydi. Markazlarda tiquvchilik, qandolat ishlab chiqarish, fitnes, sheyping va boshqa kasb-hunar o‘quv kurslari tashkil etiladi, zarur binolar esa ijaraga beriladi.
Qaynoq24.uz O‘zbekiston kelasi yilda 4,5 million tonna paxta yetishtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

