Markaziy bank tomonidan 5-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, ayrim asosiy valyutalar kursida sezilarli o‘sish qayd etildi.
AQSH dollari 50,85 so‘mga ko‘tarilib, 11 963,23 so‘mni tashkil qildi. Yevro esa 97,5 so‘mga oshib, 13 970,66 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 1,96 so‘mga ko‘tarilib, 155,35 so‘m bo‘ldi.
Shu bilan birga, funt sterling 147,68 so‘mga oshib, 15 966,13 so‘mni tashkil etdi. Yaponiya iyenasi 0,72 so‘mga ko‘tarilib, 77,27 so‘m bo‘ldi. Shveysariya franki 104,46 so‘mga oshib, 14 959,65 so‘m qilib belgilandi. Xitoy yuani esa 5,47 so‘mga ko‘tarilib, 1 691,70 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 4-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

