Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini BAD sifatida sotish uchun qadoqlagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda DXX ma’lum qildi. Tezkor tadbir chog‘ida poytaxtlik fuqaroning uyidan minglab psixotrop dori vositalari topilib, rasmiylashtirib olindi.
Uchtepa tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida 1970 yilda tug‘ilgan shaxsning yashash xonadoni holislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv vaqtida uyidan 1 835 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Tergovga ko‘ra, mazkur dori vositalari tarkibida katta miqdorda pregabalin moddasi mavjud bo‘lib, ular psixotrop preparatlar ro‘yxatiga kiradi. Fuqaro ushbu dorilarni biologik faol qo‘shimchalar idishlariga qadoqlab, dorixonalarda yashirin tarzda sotishni rejalashtirgani aytilmoqda.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sud tomonidan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz yer munosabatlariga oid noqonuniy holatlar fosh etilgani haqida yozgan edi.

