Mirziyoyev FIA rahbarini orden bilan taqdirladi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Shavkat Mirziyoyev FIA rahbari Karmelo Sans de Barrosga “Do‘stlik” ordenini topshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avtosport va yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston bilan FIA o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Federatsiya rahbari mamlakatimizda professional va ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar orasida jismoniy faollikni oshirishga qaratilgan islohotlarni yuqori baholadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar avtomobil sportining kartingdan tortib “Formula” musobaqalarigacha bo‘lgan yo‘nalishlarini rivojlantirishda birgalikdagi faoliyat muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda avtosport maktabi va infratuzilmasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Muzokaralarda FIA universiteti imkoniyatlaridan foydalanib o‘zbekistonlik poygachilar, kartingchilar, muhandislar va mexaniklarni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mamlakatda zamonaviy avtosport infratuzilmasini yaratish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.

Uchrashuvda FIA shafeligida xalqaro musobaqalar, jumladan “Formula-1” bosqichlarini O‘zbekistonda o‘tkazish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Qaynoq24.uz Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.