Messi uchun Hindistonda haykal o‘rnatildi

Foto: Tribuna India
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Argentinalik afsonaviy futbolchi Lionel Messi uchun Hindistonda haykal o‘rnatildi. Bu haqda Hindustan Times xabar berdi.

U shu hafta Hindistonga tarixiy to‘rt shahar bo‘ylab safar qiladi. Bu Messi uchun mamlakatga ikkinchi tashrif bo‘lib, u 2011-yilda Kolkatada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashgan edi. Tashkilotchilar uni 12-dekabr kuni Hindistonga kelishini tasdiqladi.

Safar 13-dekabr kuni Kolkatada boshlanadi, so‘ngra o‘sha kuni kechqurun futbolchi Hyderobodga yo‘l oladi. 14-dekabrda Messi Mumbayda bo‘ladi, 15-dekabr — dushanba kuni esa Dehlida tur yakunlanib, sport yulduzi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashadi.

Xavfsizlik talablariga ko‘ra, Messi dunyodagi eng baland — 70 futlik (≈21 metr) shaxsiy haykalining ochilish marosimini mehmonxonadan virtual tarzda amalga oshiradi. Avval bu tadbir Sreebhumi maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq politsiya ruxsat bermagan.

Shu kuni futbolchiga bag‘ishlangan 25×20 futlik devoriy surat ham ommaga taqdim etiladi. Mural Durga Puja tadbirlarida ko‘plab joylarga o‘rnatilib, muxlislarga uning yoniga rasm chizish va xabar qoldirish imkoniyati yaratiladi.

Qaynoq24.uz Lionel Messi 2025-yilning eng samarali futbolchisi bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.