Fabio Kannavaro: “O‘zbek futbolchilari matonatli”

Foto: The Guardian
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jamoa bilan ishlash jarayoni, o‘zbekistonlik futbolchilar xarakteri va 2026-yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik haqida fikr bildirdi. Intervyu The Guardian nashrida chop etildi. 2006-yilgi Jahon chempioni va “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan italiyalik mutaxassis bu lavozimni o‘z murabbiylik faoliyatidagi muhim burilish deb atadi.

Kannavaroning aytishicha, O‘zbekistonning ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani va akademiyalar tizimida muntazam iste’dodlar yetishib chiqayotgani uni ushbu taklifni qabul qilishga undagan. Uning ta’kidlashicha, U-17, U-19 va U-23 jamoalarning Osiyoda muntazam sovrinli o‘rinlarni egallashi mamlakat futbol tizimining to‘g‘ri yo‘ldaligini ko‘rsatadi.

Foto: The Guardian

Murabbiy o‘zbekistonlik futbolchilarning xarakterini alohida e’tirof etdi.

“Ular jismonan Yevropadagi futbolchilardan orqada bo‘lishi mumkin, lekin ruhiy jihatdan juda kuchli. Hech qachon taslim bo‘lishmaydi. Ularga qarshi o‘ynash juda qiyin”, — dedi Kannavaro.

Uning aytishicha, hatto tarkibda ko‘plab jarohatlar bo‘lganiga qaramay, Urugvayga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jamoa oxirigacha kurash olib borgan.

U O‘zbekiston futboli haqida gapirar ekan, mamlakatda futbolga qiziqish yuqoriligini, biroq mahalliy liga jahon standartlari bilan taqqoslaganda hali ko‘p jihatdan takomillashtirilishi kerakligini aytdi.

“Toshkent xalqaro shahar, yangi va eski qismi uyg‘un rivojlanmoqda. Odamlar nihoyatda mehmondo‘st, Samarqandqand esa juda go‘zal shahar”, — dedi murabbiy.

2026-yilgi Jahon chempionati borasida Kannavaro realist yondashuvni tanlaydi.

“Bu — o‘rganish bosqichi. Biz jamoani Yevropa uslubidagi futbolga yaqinlashtirishni istaymiz. Ayrim yosh futbolchilar mundialda o‘zini ko‘rsatishi mumkin”, — deya ta’kidladi u.

Qaynoq24.uz Yangi Toshkent stadionini kimlar qurishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.