AQShga kiruvchi turistlar besh yillik ijtimoiy tarmoq faoliyatini taqdim etishi shart bo‘lishi mumkin

Foto: Open Government Partnership
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati xorijiy turistlar uchun yangi tekshiruv tartibini joriy etishni rejalashtirmoqda. Federal reyestrda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga kiruvchilar endilikda so‘nggi besh yil davomida foydalanilgan ijtimoiy tarmoqlaridagi akkauntlar tarixini taqdim etishi talab qilinishi mumkin.

AQShning Bojxona va chegara xizmati (CBP) turistlardan elektron pochta manzillari va telefon raqamlarini ham so‘rashga vakolat oladi. Bu choralar Vashingtonning umumiy migratsion siyosatini qat’iylashtirishga qaratilgan.

Yangi talablar AQShga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan sayyohlarga ham tatbiq etiladi. Xususan, Buyuk Britaniya, Germaniya va boshqa davlat fuqarolari odatda hujjatsiz tarzda onlayn ruxsatnoma olgan holda AQShga kirishlari mumkin edi — yangi tartib bu jarayonga qo‘shimcha tekshiruvlarni qo‘shadi.

Qaynoq24.uz AQSh O‘zbekistondagi bir kompaniyani qora ro‘yxatga kiritgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.