2025-yilning eng kulgili yovvoyi tabiat surati e’lon qilindi

Foto: Mark Met Koen
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2025-yilning eng kulgili yovvoyi tabiat suratiga ega bo‘lgan fotosurat e’lon qilindi. Bu haqda Nikon Comedy Wildlife Photography Awards 2025 tanlovi saytida xabar berildi.

Buyuk britaniyalik fotograf Mark Met Koen tomonidan olingan «Dai besh» nomli surat yilning eng kulgili fotosurati deb topildi. Unda Ruandadagi Virunga tog‘larida yashovchi gorillalar oilasining bolasi hazilomuz holatda tasvirlangan.

Fotografning aytishicha, u hamkasblari bilan gorillalarni suratga olish umidida Amaxoro nomli primatlar oilasiga duch kelgan. Ular keng maydonda tinchgina ovqatlanayotgan kattalar va quvnoq o‘ynayotgan bolalarni kuzatishgan. Gorilla bolalaridan biri esa ajoyib akrobatik qobiliyatlarini ko‘rsatib, sakrab, aylanib va qo‘lini ko‘targancha kameraga qaragan.

Mark Met Koen kuzatuv jarayonidan katta zavq olganini, surat esa aynan o‘sha daqiqadagi quvnoq ruhni aks ettirganini ta’kidladi.

Qaynoq24.uz Leonardo Di Kaprio “Yilning eng yaxshi san’atkori — 2025” mukofotiga sazovor bo‘lgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.