O‘zbekistonda metan uchun cheklangan ish vaqti joriy etildi

Foto: Daryo
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

“Hududgaz” tizimidagi hududiy filiallar tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘ylab metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari (AGTKSH)ning vaqtinchalik cheklangan ish tartibi belgilandi. Qaror hududlarda gaz taqsimotini barqarorlashtirish hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz ta’minlash maqsadida joriy etilgan.

Unga ko‘ra, mamlakatning turli hududlarida metan zapravkalari quyidagi jadval asosida faoliyat yuritadi:

Toshkent shahrida 78 ta AGTKSH 06:00 dan 23:00 gacha ishlaydi. Andijon viloyatidagi 143 ta shoxobcha 05:00 dan 17:00 gacha, Namangan viloyatidagi 134 ta shoxobcha ham 05:00 dan 17:00 gacha faoliyat ko‘rsatadi. Farg‘ona viloyatida 173 ta shoxobcha 06:00–18:00 oralig‘ida mijozlarga xizmat qiladi.

Navoiy viloyatidagi 51 ta AGTKSH uchun 06:00–19:00 ish vaqti belgilangan. Xorazm viloyatidagi 94 ta zapravka 05:00 dan 17:00 gacha, Surxondaryo viloyatidagi 106 ta shoxobcha esa 06:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Sirdaryo viloyatida 53 ta AGTKSH 06:00–18:00 gacha, Buxoro viloyatidagi 95 ta shoxobcha 06:00–19:00 gacha faoliyat yuritadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 124 ta metan zapravkasi uchun 06:00–18:00 vaqt oralig‘i belgilangan.

Qaynoq24.uz 13-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.