Vivo S50 smartfonining to‘liq texnik xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Foto: ITHome
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Vivo kompaniyasi 15-dekabr kuni Xitoy bozorida Vivo S50 va S50 Pro Mini smartfonlarini taqdim etadi. Pro Mini versiyasi haqida avvalroq rasmiy ma’lumotlar e’lon qilingan bo‘lsa, S50 modelining asosiy xususiyatlari sir bo‘lib kelayotgan edi. Endi esa Xitoy Telecom ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan ro‘yxat S50’ning to‘liq texnik tafsilotlarini ochiqlab berdi.

Ekran va dizayn

Vivo S50 6,59 dyuymli OLED displeyga ega bo‘lib, 2750 × 1260 pikselli 1.5K yuqori aniqlikda tasvir beradi. Ekran 120 Gs yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Qurilmaga displey ostiga joylashtirilgan barmoq izi skaneri o‘rnatilgan.

Vivo smartfonning korpusi aerokosmik darajadagi alyuminiydan yasalganini tasdiqlagan. Shuningdek, modelning IP68/IP69 himoya standartlari bilan ta’minlanishi ehtimol qilinmoqda. Ranglar varianti sifatida Space Black, Confession White, Inspirational Purple va Serene Blue taklif etiladi.

Foto: ITHome

Kamera imkoniyatlari

Orqa panelda uch kamerali modul joylashgan:

  • 50 MP asosiy kamera
  • 8 MP qo‘shimcha linza
  • 50 MP Sony IMX882 sensorga ega periskop telefoto kamera

Old tarafda esa 50 MP selfie kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, yuqori sifatli surat va video olish imkonini beradi.

Protsessor va xotira

Vivo S50’ning yuragi — Snapdragon 8s Gen 3 chipseti. Kompaniya avvalroq modelda LPDDR5x tezkor xotira va UFS 4.1 ichki xotiradan foydalanilishini tasdiqlagan. Xitoy Telecom ro‘yxatiga ko‘ra, qurilma quyidagi turlarda chiqariladi:

  • 12 GB + 256 GB
  • 12 GB + 512 GB
  • 16 GB + 512 GB

Smartfon Android 16 operatsion tizimi va OriginOS 6 interfeysi bilan ishlaydi.

Foto: Gizmochina

Batareya va quvvatlash

Ma’lumotlarga ko‘ra, S50 katta hajmdagi — 6500 mA·soat batareyaga ega bo‘ladi. Qurilma 90 Vt tezkor quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa smartfonni qisqa vaqt ichida samarali quvvatlash imkonini beradi.

Vivo V70 — S50’ning global versiyasi bo‘lishi mumkin

Vivo hozirda xalqaro bozor uchun V70 modelini ishlab chiqmoqda. Rasmiy tafsilotlar e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, u dizayn va ko‘plab xususiyatlar bo‘yicha S50’ga asoslanishi kutilmoqda. Biroq global versiyada Snapdragon 8s Gen 3 o‘rniga Snapdragon 7 Gen 4 chipseti qo‘llanishi mumkin.

Qaynoq24.uz Vivo X300 Pro va Pixel 9 Pro modellarini taqqoslagan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.