Britaniyalik mashhur yozuvchi Joanna Trolop 82 yoshida vafot etdi

Foto: The Guardian
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Britaniyalik mashhur yozuvchi, kundalik hayot muammolarini nozik tasvirlagani bilan tanilgan Joanna Trolop 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda yozuvchining oila a’zolari ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Joanna Trolop payshanba kuni o‘z uyida tinch holatda olamdan o‘tgan.

Yozuvchining adabiy agenti Jeyms Gill Trolopning vafotini katta yo‘qotish deb baholadi. Uning ta’kidlashicha, yozuvchi farzandlari, nabiralari, yaqinlari va millionlab muxlislari xotirasida chuqur iz qoldirdi.

Joanna Trolop 1980-yildan boshlab ijod qilgan va umr davomida 30 dan ortiq roman yozgan. Dastlab u Karolin Harvi taxallusi ostida tarixiy sevgi romanlari yaratgan. Biroq 1980-yillarning o‘rtalaridan zamonaviy hayotga bag‘ishlangan asarlarga o‘tishi uning ijodiy yo‘lini belgilab berdi.

Uning mashhurligi “Ruhoniyning rafiqasi” romani bilan keskin oshdi. Asar 1991-yilda eng ko‘p sotilgan kitoblar reytingida yetakchi mualliflarni ortda qoldirdi. Keyinchalik “Qishloqdagi ishq”, “Boshqalarning bolalari”, “Ona va ota” kabi romanlari katta e’tibor qozondi. Ushbu asarlarda xiyonat, qayta turmush qurish, ota-onalik, farzand asrab olish hamda bir vaqtning o‘zida bolalar va keksalarga g‘amxo‘rlik qilishga majbur bo‘lgan avlod muammolari yoritildi.

Qaynoq24.uz har yili sil kasalligidan 1,2 milliondan ortiq odam vafot etayotgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.