Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda jami 405,5 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatda tadbirkorlik subyektlari soni barqaror o‘sib borayotganini ko‘rsatadi.
Faoliyat yuritayotgan korxonalarning asosiy qismini mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etadi. Xususan, MChJlar soni 318,3 mingtaga yetib, umumiy tijorat tashkilotlarining 78,5 foizini tashkil qilgan. Bu ushbu tashkiliy-huquqiy shakl biznes yuritishda eng ommabop format bo‘lib qolayotganini anglatadi.
Shuningdek, mamlakatda 46,9 mingdan ortiq xususiy korxona faoliyat olib bormoqda bo‘lib, ularning ulushi 11,6 foizga teng. Oilaviy korxonalar soni esa 36,2 mingdan oshib, jami korxonalarning qariyb 9 foizini tashkil etdi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari soni nisbatan kam bo‘lib, ular 639 ta korxonani tashkil qilgan. Qolgan 3,2 mingdan ortiq korxonalar esa boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat yuritmoqda.
Qaynoq24.uz tadbirkorlarga ajratiladigan subsidiyalarni tizimli monitoring qilish tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

