Honor Win smartfonlari dizayni paydo bo‘ldi

Foto: ShiftDelete
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Honor kompaniyasi 2025-yil yakunida yangi smartfonlar turkumini taqdim etishga hozirlik ko‘rayotgandek. Gap avval Honor GT 2 nomi bilan tanilgan, ammo endilikda Honor Win seriyasi deb atalishi kutilayotgan yangi qurilmalar haqida bormoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi turkum ikki modeldan — Honor Win va Honor Win Pro smartfonlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Ularning tasvirlari Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida tarqalib, qurilmalarning dizayni haqida dastlabki tasavvur berdi. Dizayn jihatidan Honor Win seriyasi Redmi K90 modellari uslubini eslatadi.

Tarqalgan tasvirlarda har ikki smartfon to‘rtburchak shakldagi kamera bloki bilan namoyon bo‘lgan. Kamera modulining pastki o‘ng qismida “Win” yozuvi joylashgan. Kamera tizimi uchta obyektiv va LED yoritgichdan iborat ekani ko‘rinadi. Asosiy Honor Win modeli bej, qora, oq va ko‘k ranglarda taqdim etilishi mumkin.

Ikkinchi modelga oid tasvirlarda esa LED yoritgich kamera blokining o‘ng tomoniga joylashtirilgan. Shuningdek, kamera yonida maxsus sovitish elementi mavjudligi seziladi. Bu esa ushbu qurilma unumdorlikka yo‘naltirilgan yuqori darajadagi model bo‘lishi va Honor Win Pro nomi bilan chiqishi ehtimolini kuchaytirmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozircha tarqalgan tasvirlarning rasmiyligi tasdiqlanmagan va qurilmalarning yakuniy nomlari ham e’lon qilinmagan. Shunga qaramay, dastlabki xabarlarga ko‘ra, Honor Win modeli Snapdragon 8 Elite, Honor Win Pro esa Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorlari bilan jihozlanishi mumkin.

Shuningdek, har ikki smartfon 1,5K aniqlikdagi OLED displey, 50 megapikselli asosiy kamera hamda taxminan 8500 mA/soat sig‘imli batareya bilan taqdim etilishi kutilmoqda. Qurilmalar 100 Vt quvvatdagi tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Honor kompaniyasi yangi Win seriyasini rasman qachon taqdim etishi hozircha ma’lum qilinmagan.

Qaynoq24.uz Honor’ning eng yaxshi 5 ta smartfoni haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.