O‘zbekistonliklar Qatarga ishga taklif qilinmoqda

Foto: Arab News
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Qatardagi mehmonxonalarda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar uchun 200 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ish beruvchi Candidzone kompaniyasi bo‘lib, u Qatar poytaxti Doha shahrining Old Airport hududida joylashgan. Mehnat shartnomasi ikki yil muddatga tuziladi. Ish vaqti kuniga 10 soatni tashkil etadi, oylik maosh esa 1000 AQSh dollari etib belgilangan. Ishchilarga yotoqxona va tushlik bilan ta’minlash nazarda tutilgan.

Nomzodlar 20–35 yosh oralig‘idagi erkaklar bo‘lishi, o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, mehmonxona va xizmat ko‘rsatish sohasida tajribaga ega bo‘lishi hamda ingliz tilini B2–C1 darajasida bilishi lozim.

Xususiy bandlik agentligi nomzodlarga bepul maslahat beradi, hujjatlarni tayyorlashda yordam ko‘rsatadi, ish beruvchi bilan rasmiy mehnat shartnomasini tuzishda ko‘maklashadi hamda safarni tashkil etadi. Tanlov jarayoni ish beruvchi bilan yuzma-yuz suhbat asosida o‘tkaziladi.

Ta’kidlanishicha, har bir nomzod Migratsiya agentligining “Xorijda ish” platformasi orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tishi shart. Mehnat shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchi bilan tuziladi va “Dhaef Global Recruitment” kompaniyasi ish beruvchi sifatida ishtirok etmaydi. Ishga joylashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 77 275 05 50 yoki +998 77 270 05 50 telefon raqamlari orqali olish mumkin. Agentlik Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 2A-uy manzilida joylashgan bo‘lib, rasmiy veb-sayti www.dhaef.com hisoblanadi.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif qilinayotgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.