Tayvanda erkak kishi o‘ziga tegishli piton hujumiga uchradi. Bu haqda mahalliy SETNEWS nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, erkak uyidan pitonni bo‘yniga o‘rab ko‘chaga chiqqan. Biroq ko‘cha o‘rtasida sudralib yuruvchi to‘satdan tajovuzkorlik ko‘rsatib, egasini tishlab olgan va voqea joyidan qochib ketgan.
Zmeani bunday harakatga nima undagani hozircha noma’lum. Hodisa guvohlarining aytishicha, hujum kutilmaganda sodir bo‘lgan.
Jabrlangan erkak shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiyot xodimlari uning jarohati hayot uchun xavf tug‘dirmasligini ma’lum qildi.
Qaynoq24.uz AQShda akula serferga hujum qilgani haqida yozgan edi.

