Kilian Mbappe PSJ ustidan sudda g‘alaba qozondi

Foto: AP
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Parij mehnat sudi Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi futbolchisi Kilian Mbappega 60 million yevrodan ortiq miqdorda to‘lanmagan maosh va bonuslarni undirish bo‘yicha qaror chiqardi. Mojaro futbolchining 2024-yilda “Real Madrid” klubiga erkin agent sifatida o‘tishi arafasida yuzaga kelgan shartnoma masalalari bilan bog‘liq.

Sud o‘yinchi tomonini qo‘llab-quvvatladi. Qarorda tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar buzilishiga doir ayblovlar, jumladan, xiyonat va bosim o‘tkazish haqidagi da’volar ham inobatga olingani qayd etildi. Avvalroq PSJ Mbappedan 440 million yevro undirishni talab qilgan, klub buni futbolchining bepul ketishi tufayli “moliyaviy imkoniyatlarni boy berish” bilan izohlagan edi. Klub qaror ustidan shikoyat qilish ehtimolini saqlab qolgan.

Mbappening vakillari sud qarorini izohlar ekan, u “majburiyatlar bajarilishi shartligini tasdiqlaydi va professional futbol sohasida ham mehnat qonunchiligi barcha uchun teng amal qilishini ko‘rsatadi”, deya ta’kidladi.

PSG esa rasmiy bayonotida sud qarorini bajarishini, biroq apellyatsiya berish huquqini o‘zida saqlab qolishini bildirdi. Klub o‘z harakatlarini doimo halollik va qonuniylik tamoyillari asosida olib borganini ta’kidlab, futbolchiga kelgusidagi faoliyatida omad tiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilgi jahon chempioni bo‘lgan Mbappe va klub o‘rtasidagi munosabatlar 2023-yilda futbolchi shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilganidan so‘ng keskinlashgan. Bu qaror PSG‘ni katta transfer to‘lovidan mahrum qilgan. Shundan so‘ng Mbappe mavsumoldi yig‘inlaridan chetlatilgan va asosiy tarkibdan vaqtincha chiqarib yuborilgan.

Qaynoq24.uz FIFA 2025-yilning eng yaxshi futbolchisini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.