Uzoq umr ko‘rish sirlari

Foto: Paiseec
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Buyuk Britaniyada yashovchi Joan Klark 106 yoshini nishonlab, uzoq umr ko‘rishiga yordam bergan ikki oddiy hayotiy tamoyilni aytib berdi. Bu haqda Woking News and Mail nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ijobiy fikrlash va odamlarga mehribon bo‘lish uzoq yashashning asosiy omillaridan hisoblanadi.

Joan Klark 1919-yil 3-dekabrda Sheffild shahrida tug‘ilgan. Bolaligida u ota-onasi bilan Hindiston va Misrda yashagan. 1941-yilda turmushga chiqqan va keyinchalik ikki farzandning onasi bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida u o‘q-dori ishlab chiqarish zavodida mehnat qilgan, urushdan keyin esa savdo sohasida ishlagan.

Hozirda Joan Klark Uoking shahridagi qariyalar uyida istiqomat qiladi. U uzoq umr ko‘rishining asosiy sababi sifatida hayotga ijobiy munosabatni ko‘rsatadi. “Nimangiz yo‘qligi haqida emas, nimangiz borligi haqida o‘ylang”, — deya maslahat bergan u. Shuningdek, u mehribonlikni ham uzoq yashashning muhim siri sifatida tilga oldi.

Qaynoq24.uz ayollar uchun eng yaxshi sumkalar haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.