Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida odam savdosiga qarshi kurash doirasida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida poytaxtda yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan S.N. ikki nafar fuqaroni Tailandga fohishalik bilan shug‘ullanish maqsadida jo‘natayotgan vaqtida Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi.

Tekshiruv jarayonida ushbu jinoiy harakat Tailandda bo‘lib turgan, 2005-yilda tug‘ilgan F.A. tomonidan tashkil etilgani aniqlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi “b”, “g”, “e” va “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Toshkent tumanida dorixona omborida qonunbuzarliklar aniqlangani haqida yozgan edi.

