Hisob palatasi faoliyati muntazam tashqi baholashdan o‘tkaziladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Hisob palatasi faoliyati muntazam tashqi baholashdan o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida ma’lum qilindi.

Tashqi baholash xalqaro tajriba va e’tirof etilgan metodologiyalar asosida amalga oshiriladi. Xususan, baholash jarayonida Oliy audit organlarining xalqaro tashkiloti — INTOSAI hamda boshqa xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar metodologiyalaridan foydalaniladi. Baholash ishlari kelishuvlar doirasida xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlarning oliy audit organlari tomonidan olib boriladi.

Shuningdek, baholash jarayoni mustaqil tarzda tashkil etilib, Hisob palatasi o‘z faoliyati bo‘yicha barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishi, baholash natijalari esa jamoatchilikka ochiq e’lon qilinishi belgilandi.

Farmon bilan Hisob palatasiga qator yangi vakolatlar ham berildi. Jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining murojaatlari hamda texnik topshiriqlari asosida, ularning mablag‘lari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditini o‘tkazishga ruxsat etildi.

Bundan tashqari, Hisob palatasi xalqaro tashkilotlar tomonidan e’lon qilinadigan tanlovlarda ishtirok etishi yoki o‘zaro kelishuvlar asosida ushbu tashkilotlarning faoliyati, loyihalari va dasturlari auditini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.

Qaynoq24.uz Nazariy fizika instituti tashkil etilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.