Xorijiy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Xorijiy korxonalarning eng ko‘pi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2025-yil 1-dekabr holatiga respublikada chet el investitsiyasi ishtirokida 17 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 4 228 tasi qo‘shma korxonalar, 13 762 tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan:

  • savdo sohasida — 6 403 ta;
  • sanoat sohasida — 3 706 ta;
  • qurilish sohasida — 1 389 ta;
  • axborot va aloqa sohasida — 1 377 ta;
  • yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda — 737 ta;
  • tashish va saqlash sohasida — 586 ta;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida — 447 ta;
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda — 209 ta;
  • boshqa sohalarda — 3 046 ta korxona.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 150 trillion so‘mdan oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.