2025-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Turkiya kapitali ishtirokidagi jami 2 109 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Ushbu korxonalarning 487 tasi qo‘shma korxona hisoblanadi. Qolgan 1 622 tasi to‘liq xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan.
Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda Turkiya kapitali ishtirokidagi 1 292 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Toshkent viloyatida bu ko‘rsatkich 288 tani tashkil etadi.
Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati kelmoqda. Ushbu hududda 111 ta korxona ro‘yxatga olingan. Farg‘ona viloyatida 70 ta, Andijon viloyatida esa 57 ta turk sarmoyasi ishtirokidagi korxona mavjud.
Jizzax viloyatida 55 ta, Buxoro viloyatida 44 ta va Namangan viloyatida 42 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Xorazm viloyatida ularning soni 31 tani tashkil etadi.
Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida 30 tadan korxona qayd etilgan. Sirdaryo viloyatida 22 ta, Qashqadaryo viloyatida 19 ta korxona mavjud. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa Turkiya kapitali ishtirokidagi 18 ta korxona faoliyat olib bormoqda.
Qaynoq24.uz kompyuter dasturlashtirish xizmatlari hajmi 22,5 foizga oshgani haqida yozgan edi.

