Shveysariyada 2300 yillik ikki noyob kelt oltin tangasi topildi

Foto: Live Science
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Shveysariyada arxeologlar botqoqlik hududida miloddan avvalgi III asrga tegishli ikki oltin kelt tangasini topdi. Bu haqda Live Science nashri xabar berdi. Topilma Arisdorf kommunasi yaqinida bahor oylarida aniqlangan bo‘lib, olimlar uni mamlakat hududida topilgan eng qadimgi numizmatik yodgorliklardan biri sifatida baholamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, butun Shveysariya bo‘yicha shunday tangalardan atigi 20 ga yaqin nusxa mavjud.

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, o‘sha davrda kelt jangchilari ko‘pincha yollanma askar sifatida xizmat qilgan va yunon oltin tangalari bilan haq olgan. Vaqt o‘tishi bilan mahalliy ustalar yunon dizaynidan ilhomlanib, o‘z nusxalarini yasay boshlagan. Topilgan tangalarning bir tomonida Apollon profili, ikkinchisida esa ot tasviri tushirilgan bo‘lib, ularga keltlarga xos bezaklar qo‘shilgan.

Mutaxassislar ushbu tangalar oddiy savdo vositasi bo‘lmaganini, ularning qimmati juda yuqori bo‘lgani sababli ko‘proq diniy marosimlar va xudolarga atab qo‘yilgan qurbonlik sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Tangalar topilgan botqoqlik esa qadimiy suvga to‘lgan karst voronkasining qoldig‘i bo‘lib, keltlar uni muqaddas joy deb bilgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Topilmalar, jumladan ushbu ikki oltin tanga, 2026-yil mart oyida Bazelda ochiladigan ko‘rgazmada omma e’tiboriga havola etiladi. Avvalroq Chexiyada ham qadimiy kelt oltin va kumush tangalari, shuningdek zargarlik buyumlari topilgani haqida ma’lum qilingandi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.