O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida 7,5 million tonna ko‘mir qazib olingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida qayd etilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘mir ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,2 million tonnaga ko‘paygan. Qo‘mita sanoat mahsulotlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘sishda davom etayotganini bildirgan.
Yilning shu davrida 1,1 million tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Shuncha miqdorda dizel yoqilg‘isi tayyorlangan, neft hajmi esa 601,2 ming tonnani tashkil etgan.
Tabiiy gaz qazib olish 38,9 milliard kub metrga yetgan. Gaz kondensati bo‘yicha ko‘rsatkich 1 million tonna deb ko‘rsatilgan. Hisobotda avtomobil dvigateli ishlab chiqarish 227 mingdan ortiq birlikni tashkil etgani qayd etilgan.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 72 milliard dollardan oshgani haqida yozgan edi.

