26-dekabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 26-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi biroz oshib, 12 078,47 so‘mni tashkil etdi. O‘sish 10,87 so‘mga teng bo‘ldi.

Yevro kursida esa pasayish kuzatildi. Valyuta bugungi savdolar yakuniga ko‘ra 14 234,48 so‘mga tushdi. O‘zgarish minus 5,29 so‘mni tashkil etgan.

Rossiya rubli qiymati ko‘tarilib, 155,23 so‘mga yetdi. Ko‘rsatkich 1,52 so‘mga oshgan. Buyuk Britaniya funt sterlingi ham mustahkamlandi — 16 334,92 so‘m bo‘lib, 17,11 so‘mga ko‘tarilgan.

Yapon iyenasi 77,50 so‘mni tashkil etdi, kurs o‘zgarishi +0,06 so‘m bo‘lgan. Shveytsariya franki esa pasayib, 15 345,53 so‘mga tushdi. Kurs kamayishi 1,79 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 1 723,99 so‘mga teng bo‘lib, 3,51 so‘mga oshgan. Valyutalar bozorida bugun dollar va yuan kuchaygani, yevro va frankda esa pasayish qayd etilgani ko‘rinmoqda.

Qaynoq24.uz 25-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.