27-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Respublikasida 27-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor yog‘adi.

Toshkent shahrida havo ochiq, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan esadi.

Qoraqalpog‘iston va Ustyurtda ba’zan qor yog‘ishi mumkin. Kechasi 5-10 daraja sovuq, Ustyurt hududida 12-15 darajagacha sovish ehtimoli bor. Kunduzi 0-5 daraja iliq saqlanadi.

Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman kuzatiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘in bo‘lmaydi. Kechasi 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo ochiq. Kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.

Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ammo tuman tushishi mumkin. Kechasi 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zan qor yog‘adi, yo‘llarda muzlamalar kuzatilishi mumkin. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 26-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.