2025-yil Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari uchun ambitsiyalar yili bo‘ldi. Yetakchi brendlar flagman segmentida maksimal imkoniyatlarni ishga soldi. Kamera texnologiyalari keskin rivojlandi, sun’iy intellekt chuqur integratsiya qilindi, displeylar esa yangi bosqichga chiqdi. GizmoChina nashri tomonidan yil yakunida 2025-yilning eng yaxshi Xitoy smartfonlari e’lon qildi.
Oppo Find X9 Pro
Oppo Find X9 Pro cho‘ntakka sig‘adigan professional kamera sifatida e’tirof etildi. Smartfon 50 MP Sony LYT-828 asosiy sensor, 50 MP ultra-keng kamera va 200 MP periskop telefoto modul bilan jihozlangan. Hasselblad telekonvertor aksessuari 230 millimetr ekvivalent fokus masofasini taqdim etadi.

Qurilma 6,78 dyuymli LTPO AMOLED displeyga ega bo‘lib, maksimal yorqinlik 3600 nitga yetadi. Dimensity 9500 chipi va 7500 mA/soatli kremniy-uglerod batareya yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Video imkoniyatlari 4K 120fps Dolby Vision va 10-bit Log yozuvi bilan flagman darajasidan ham yuqori baholandi.
Xiaomi 17 Pro Max
Xiaomi 17 Pro Max dizayn va funksionallik uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Asosiy 6,9 dyuymli 2K OLED displeyga qo‘shimcha ravishda orqa panelda 2,9 dyuymli ikkinchi AMOLED ekran mavjud. U vidjetlar va selfi preview uchun xizmat qiladi.

Leica bilan hamkorlikdagi kamera tizimi 50 MP asosiy sensor, 50 MP ultra-keng kamera va 5 karra periskop modulni o‘z ichiga oladi. 7500 mA/soatli batareya, 100 vattli tezkor quvvatlash va UWB qo‘llab-quvvatlashi uni universal flagmanga aylantiradi.
Vivo X300 Pro
Vivo X300 Pro 2025-yilning eng muvozanatli flagmani sifatida baholandi. Kamera tizimi 50 MP Sony LYT-828, 200 MP Samsung periskop va 50 MP ultra-keng moduldan iborat. Zeiss APO sertifikati va ikki chipli tasvir tizimi surat sifati aniqligini oshiradi.

6,78 dyuymli AMOLED displey 4500 nitgacha yorqinlikni qo‘llab-quvvatlaydi. 6510 mA/soatli batareya, 90 vatt simli va 40 vatt simsiz quvvatlash kundalik foydalanishda qulaylik yaratadi.
Honor Magic 8 Pro
Honor Magic 8 Pro’ning asosiy ustunligi sun’iy intellektga asoslangan ekotizim bo‘ldi. Magic UI 10 Android, iOS, HarmonyOS va Windows bilan o‘zaro integratsiyani taklif etadi. YOYO AI yordamchisi minglab real hayotiy vaziyatlarda ishlay oladi.

200 MP telefoto kamera, Snapdragon 8 Gen 5 chipi va 7200 mA/soatli batareya qurilmani kuchli texnik platformaga aylantiradi. 100 vatt simli va 80 vatt simsiz quvvatlash ham mavjud.
Huawei Mate 80 Pro Max
Huawei Mate 80 Pro Max eng mustahkam flagman sifatida e’tirof etildi. Qurilma Kirin 9030 Pro chipi, HarmonyOS 6 va ikki qatlamli OLED displey bilan jihozlangan. Kamera tizimi XMAGE texnologiyasi asosida ishlaydi.

Smartfon sun’iy yo‘ldosh orqali xabar almashish, tarmoqsiz qo‘ng‘iroqlar, IP68 va IP69 himoya darajalarini qo‘llab-quvvatlaydi. 6000 mA/soatli batareya va Kunlun shishasi uni ekstremal sharoitlarga mos qurilmaga aylantiradi.
Qaynoq24.uz eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

