Samsung Galaxy S26 qanday kamera bilan chiqishi ma’lum bo‘ldi

Foto: Phone
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Yaqinda taqdim etiladigan Samsung Galaxy S26 qanday kamera bilan chiqishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Maeil Kyungjae nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung kompaniyasining navbatdagi flagmanlari qatoriga kiruvchi Galaxy S26+ modeli yangi “3x zoom HDR” funksiyasiga ega bo‘lishi mumkin.

Nashrga ko‘ra, ushbu imkoniyat telefoto kamera orqali uzoq masofadagi obektlarni yanada aniq va tiniq tasvirga olishga xizmat qiladi. Taqqoslash uchun, bu funksiya hozirgi Galaxy S25+ modeliga nisbatan sifatliroq zumlangan suratlarni taqdim etishi kutilmoqda.

Hozircha “3x zoom HDR” funksiyasi Galaxy S26 va Galaxy S26 Ultra modellarida ham bo‘ladimi yoki yo‘qmi, bu borada aniq ma’lumot yo‘q. Manbalarga ko‘ra, qimmatroq Ultra modeli ushbu imkoniyatni olishi ehtimoldan xoli emas, biroq arzonroq asosiy model bundan chetda qolishi mumkin.

Avvalroq Galaxy S26 seriyasi apparat qismi jihatidan katta yangilanishlar taklif qilmasligi, ayniqsa kamera sohasida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmasligi aytilgan edi. Shu sababli Samsung dasturiy imkoniyatlar orqali foydalanuvchilar e’tiborini jalb qilishga urinayotgani taxmin qilinmoqda.

Shuningdek, Galaxy S26 seriyasi narxi oshishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar keskin oshmasligi ham mumkin. Bu esa kelajakdagi xaridorlar uchun ijobiy yangilik sifatida baholanmoqda.

Qaynoq24.uz Samsung smartfonlari haqida qiziqarli faktlar va omadsiz Samsung smartfonlari haqida maqola e’lon qilgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.