2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy bozorlarga qariyb 2,3 milliard AQSh dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Mazkur ko‘rsatkich mamlakatning umumiy eksport hajmining 7,3 foizini tashkil etgan. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eksport tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lib, ularning ulushi 52 foizga teng bo‘lgan.
Shuningdek, ip-kalava eksporti umumiy hajmning 28 foizini tashkil etgan. Trikotaj matolar ulushi 11 foizga, gazlamalar 6 foizga teng bo‘lgan. Paypoq mahsulotlari eksportda 2 foiz ulushni egallagan bo‘lsa, gilam mahsulotlari 1 foizni tashkil qilgan.
Qaynoq24.uz qurilish ishlari hajmi oshgani haqida yozgan edi.

