6-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Nevada Current
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 6-yanvar kungi oltin quymalari narxi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli mahsulotning sotish narxi 8 million 858 ming so‘mni tashkil etadi. Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 million 514 ming so‘m etib belgilangan. Agar qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmasa, texnik ekspertizadan so‘ng mahsulot 8 million 428 ming so‘mga qabul qilinadi.

10 grammli mahsulot 17 million 715 ming so‘mga sotilmoqda. Qadoq but bo‘lsa, qaytarib sotib olish narxi 17 million 28 ming so‘mni tashkil etadi. Qadog‘i buzilgan holatda esa bu ko‘rsatkich 16 million 856 ming so‘mga teng.

20 grammli mahsulotning sotish narxi 35 million 431 ming so‘m etib belgilangan. Uni qadoq but holda qaytarib topshirishda 34 million 55 ming so‘m to‘lanadi. Texnik talabga javob bermagan holatda esa 33 million 711 ming so‘m narx belgilanadi.

50 grammli mahsulot 88 million 577 ming so‘mga sotilmoqda. Qadoq saqlangan bo‘lsa, qaytarib sotib olish narxi 85 million 138 ming so‘mni tashkil etadi. Qadog‘i buzilgan mahsulot esa 84 million 278 ming so‘mga baholanadi.

100 grammli mahsulotning sotish narxi 177 million 155 ming so‘m etib belgilangan. Qadoq but bo‘lgan taqdirda u 170 million 275 ming so‘mga, texnik talablarga mos kelmagan holatda esa 168 million 555 ming so‘mga qaytarib sotib olinadi.

Qaynoq24.uz 6-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.