O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga himoya orderlari beriladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur choralar jamoatchilikning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashdagi ishtirokini rag‘batlantirishga qaratilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashda faol bo‘lgan fuqarolarni e’tirof etish maqsadida maxsus ko‘krak nishoni joriy etiladi.
Bundan tashqari, 1-iyuldan boshlab Digital Compliance nomli axborot va dasturiy tizim tajriba tariqasida ishga tushiriladi. Ushbu platforma orqali idoraviy ichki nazorat jarayonlari raqamli formatga o‘tkaziladi va E-Compliance moduli yordamida amalga oshiriladi.
Qaynoq24.uz Farg‘ona va Namangan viloyatlarida hokimlik tizimida faoliyat yurituvchi bir nechta mansabdor shaxslarning korrupsion harakatlari fosh etilgani haqida yozgan edi.

