Markaziy bank tomonidan 7-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 11 968,59 so‘mni tashkil etib, kun davomida 16,35 so‘mga oshdi.
Yevro kursi 14 020,01 so‘m etib belgilandi va 56,21 so‘mga ko‘tarildi. Rossiya rubli esa 147,74 so‘mni tashkil qilib, 0,07 so‘mga pasaydi.
Britaniya funt sterlingi 16 200,68 so‘mga yetib, 133,28 so‘mlik o‘sishni qayd etdi. Yaponiya iyenasi 76,54 so‘m bo‘lib, 0,37 so‘mga ko‘tarildi. Shveytsariya franki 15 100,42 so‘mni tashkil etib, 92,58 so‘mga oshdi. Xitoy yuani esa 1 713,67 so‘m etib, 2,83 so‘mlik ijobiy o‘zgarishni ko‘rsatdi.
Qaynoq24.uz 6-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

