Yaponiyada 6,2 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda mamlakatning NHK telekanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epitsentri Simane prefekturasining sharqiy qismida, Xonsyu oroli hududida joylashgan. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i taxminan 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan, zilzila magnitudasi esa 6,2 ni tashkil etgan.
Kuchli silkinishlar mamlakatning bir qator aholi punktlarida sezilgan. Yaponiyada qo‘llaniladigan yetti ballik shkalaga ko‘ra, zilzila kuchi besh ballgacha yetgan. Rasmiylarga ko‘ra, Sunami xavfi e’lon qilinmagan.
Eslatib o‘tilishicha, Yaponiyada oxirgi marta 30-dekabr kuni Ryukyu arxipelagi yaqinida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Qaynoq24.uz Yaponiyaning shimolida yetti yarim balli zilzila 23 kishini jarohatlagani haqida yozgan edi.

