O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotgan xorijliklar soni qancha

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida o‘qish uchun O‘zbekistonga 37,2 ming nafar xorijiy fuqaro tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 54,3 foizga oshgan.

Joriy yilning 11 oyida O‘zbekistonga o‘qish uchun eng ko‘p talaba Hindistondan kelgan bo‘lib, ularning soni 16,3 ming nafarni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Turkmaniston (8,9 ming) va Tojikiston (2,7 ming) qayd etildi.

Statistikada Pokistondan 1,7 ming, Xitoydan 1,4 ming, Janubiy Koreyadan 870 nafar talaba O‘zbekistonga kelgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi, Misr va Filippin fuqarolari ham faol qatnashmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh, Turkiya, Afg‘oniston, Iordaniya va Buyuk Britaniyadan kelgan talabalar soni ham barqaror saqlanib qolmoqda.

Bundan tashqari, Rossiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Eron, Qozog‘iston, Bangladesh hamda Italiya fuqarolari O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelayotgan davlatlar qatoridan joy olgan.

Qaynoq24.uz 11 oyda 18,5 trillion so‘mlik rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.