Sog‘lom turmush tarziga rioya qilish orqali gipertoniyasiz yashash mumkin. Bu haqda shifokor-terapevt va kardiolog Denis Prokofyev «Izvestiya» nashriga bergan izohida ma’lum qildi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, qon bosimining keskin ko‘tarilishi ko‘pincha stress, sho‘r ovqatlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, spirtli ichimliklar va chekish bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan shu omillar bosim o‘zgarishlarining asosiy sabablaridan sanaladi.
Kardiologga ko‘ra, bosimning vaqtinchalik ko‘tarilishi deyarli har bir insonda kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda qo‘zg‘atuvchi omillarni bartaraf etish arterial gipertoniya rivojlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
Shuningdek, shifokor qon bosimidagi yuqori ko‘rsatkichlarga erta e’tibor qaratish muhimligini qayd etdi. Sabablarni o‘z vaqtida aniqlash orqali “gipertoniya” tashxisidan qochish ehtimoli oshadi. Mutaxassislar tashxis qo‘yishda odatda 120 ga 80 ko‘rsatkichini asosiy me’yor sifatida qabul qiladi.
Qaynoq24.uz ichak saratoni xavfini oshiruvchi taomlar ma’lum bo‘lgani haqida yozgan edi.

