7-yanvar kuni oltin quymalarining narxi qanday

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 7-yanvar uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 8 886 000 so‘mni tashkil etmoqda. Qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 541 000 so‘m etib belgilangan. Qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa, texnik ekspertizadan so‘ng, 8 455 000 so‘m taklif qilinmoqda.

10 grammli oltin quymaning sotish narxi 17 773 000 so‘mni tashkil qiladi. Ushbu quymaning qadog‘i but bo‘lsa, qaytarib sotib olish narxi 17 083 000 so‘mni, qadog‘i buzilgan holatda esa 16 910 000 so‘mni tashkil etadi.

20 grammli oltin quymalar 35 546 000 so‘m narxda sotilmoqda. Qadog‘i saqlangan quymalar 34 165 000 so‘mdan, texnik talabga mos kelmaydigan holatdagilari esa 33 820 000 so‘mdan qaytarib olinmoqda.

50 grammli oltin quymaning sotish narxi 88 864 000 so‘mni tashkil etdi. Qadog‘i but bo‘lgan holatda qaytarib sotib olish narxi 85 413 000 so‘m etib belgilangan. Qadog‘i buzilgan quymalar esa 84 551 000 so‘mda baholanmoqda.

100 grammli oltin quymalar 177 729 000 so‘m narxda sotilmoqda. Qadog‘i saqlangan quymalar 170 827 000 so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatdagilari esa 169 101 000 so‘mdan qaytarib olinmoqda.

Qaynoq24.uz 7-yanvar kuni dollar qancha qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.