O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazuvchi Yagona imtihon markazi xizmatlari narxi 50 foizga oshirildi.
Yangi tartibga ko‘ra, birinchi marta nazariy va amaliy imtihon topshirish uchun to‘lov 1 mln 500 ming so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda haydovchilik imtihonlarini topshirish qiymati 3 mln so‘mga teng bo‘ldi.
Shuningdek, hujjatda imtihonni har safar qayta topshirish narxi 1 mln 600 ming so‘m etib belgilangan. Yangi tariflar Yagona imtihon markazining barcha hududiy bo‘linmalarida amal qiladi.
Qaynoq24.uz 2026-yilda oylik va nafaqalar qanchaga oshishi mumkinligi haqida yozgan edi.

