AQSh kapitali ishtirokidagi korxonalar soni qancha

Foto: Statistika qo‘mitasi
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2025-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) kapitali ishtirokida jami 336 ta korxona faoliyat olib bormoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ushbu korxonalarning 146 tasi qo‘shma korxonalar, 190 tasi esa to‘liq xorijiy kapital asosida tashkil etilgan. Bu ko‘rsatkich AQSh investorlari ishtiroki mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi.

Hududlar kesimida eng ko‘p AQSh kapitali ishtirokidagi korxonalar Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, ularning soni 237 taga yetgan. Toshkent viloyatida 31 ta, Samarqand viloyatida esa 19 ta shunday korxona faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, Buxoro viloyatida 8 ta, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida 6 tadan, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlarida 5 tadan AQSh kapitali ishtirokidagi korxonalar mavjud. Andijon, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 4 tadan qayd etilgan.

Namangan va Xorazm viloyatlarida 3 tadan, Surxondaryo viloyatida esa 1 ta AQSh kapitali ishtirokidagi korxona faoliyat olib bormoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur korxonalar asosan sanoat, xizmat ko‘rsatish, savdo va texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Qaynoq24.uz 11 oyda 27,7 trillion so‘mlik ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari bajarilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.