Noqulay ob-havo sabab Silk Avia kompaniyasining ayrim reyslari jadvali o‘zgartirildi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishidagi UH-701/702 reysi Toshkentdan soat 14:30 da, Qarshidan esa 16:20 da uchib ketadi. Shuningdek, Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishidagi UH-751/752 reysi Toshkentdan 14:30 da, Termizdan 16:30 da amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Toshkent — Termiz — Toshkent yo‘nalishidagi UH-753/754 reysi Toshkentdan soat 18:00 da, Termizdan esa 21:00 da uchib ketishi belgilangan.
Qaynoq24.uz noqulay ob-havo sabab Silk Avia’ning ayrim reyslari bekor qilingani haqida yozgan edi.

