Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi “Vatanparvar” mahallasida ko‘p yillik daraxtlar kesilayotgani aks etgan video tarqalgan. Shundan so‘ng shahar ekologiya boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda viloyat ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Tekshiruv jarayonida mahalla hududida yashovchi fuqaro tegishli ruxsatnomalarsiz yetti dona mevali va manzarali daraxtni, shuningdek, tabiiy holda o‘sib turgan o‘n dona butani kesib tashlagani aniqlangan.

Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, unga 10,3 mln so‘m miqdorida jarima belgilangan. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar uchun qo‘shimcha ravishda 15,45 mln so‘m undirish belgilangan.
Natijada fuqaro umumiy hisobda 25 mln so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lashga majbur bo‘lgan.
Qaynoq24.uz ekohududlarda turistik yo‘laklarni tashkil etish tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

