Markaziy bank tomonidan 9-yanvar oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 8 mln 831 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu quymani qadog‘i but holatda qaytarib sotib olish narxi 8 mln 488 ming so‘m, qadoq buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 8 mln 402 ming so‘m etib belgilandi.
10 grammli oltin quymalar 17 mln 661 ming so‘mdan sotilmoqda. Ularni qaytarib sotib olish narxi qadoq but bo‘lsa 16 mln 975 ming so‘mni, texnik ekspertizadan so‘ng esa 16 mln 804 ming so‘mni tashkil etadi.
20 grammli oltin quymaning sotish narxi 35 mln 323 ming so‘m etib belgilandi. Qaytarib sotib olishda ushbu ko‘rsatkich mos ravishda 33 mln 951 ming va 33 mln 608 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 50 grammli oltin quymalar 88 mln 306 ming so‘mdan sotilmoqda. Ularning qaytarib sotib olish narxi qadoq but holatda 84 mln 877 ming so‘m, qadoq buzilgan holatda esa 84 mln 020 ming so‘m etib belgilangan.
100 grammli oltin quymaning sotish narxi 176 mln 613 ming so‘mni tashkil etdi. Qaytarib sotib olish narxi esa mos ravishda 169 mln 754 ming va 168 mln 039 ming so‘m qilib belgilandi.
Qaynoq24.uz nashri 9-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

