Avtomobil yoqilg‘i baki ichidan yirik miqdorda giyohvand moddalar aniqlandi

Foto: Videodan kadr
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Avtomobil yoqilg‘i baki ichidan yirik miqdorda giyohvand moddalar aniqlandi. Bu haqda DXX xabar bermoqda. Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida joylashgan “Ravot” chegara-bojxona postida giyohvand moddalar olib kirilishiga urinish fosh etildi.

Ma’lum qilinishicha, Tojikiston Respublikasidan O‘zbekistonga kirib kelgan, O‘zbekiston tumanida yashovchi 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomobil Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari, Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida sinchkovlik bilan tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida avtomashinaning yoqilg‘i baki ichiga yashirilgan holda sof og‘irligi 10 kg 739 gramm gashish, 412 gramm marixuana va 35 gramm opiy giyohvandlik vositalari, shuningdek, 6 945 dona “Royal” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

Aniqlangan giyohvandlik va dori vositalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi hamda 25, 273-moddasi 5-qismi bilan javobgarlikka tortilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyatning boshqa ishtirokchilari va aloqador shaxslarini aniqlash bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Qaynoq24.uz Samarqandda daraxtlarni noqonuniy kesgan fuqaro 25 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.