O‘zbekistonda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlari tartibi belgilandi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlari tartibi belgilandi. Adliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, “Tibbiy jihozlarning klinik tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi” nizom 07.01.2026 yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

Nizomga muvofiq, xavfsizlik klassifikatsiyasi I sinfga mansub jihozlar, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan “In vitro” tashxis jihozlari va O‘zbekistonda avval klinik tadqiqotdan o‘tgan jihozlar klinik tadqiqotsiz ro‘yxatdan o‘tadi.

Klinik tadqiqotlarni o‘tkazish qarori Sog‘liqni saqlash vazirligi Ekspertlar kengashi tomonidan Markaz tavsiyasi asosida qabul qilinadi. Tadqiqotlar xavfsizlik darajasiga qarab, kamida 20 nafar subyektni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

Qaynoq24.uz 2025-yil davomida O‘zbekistonda 4 ta diniy tashkilot ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.