Sog‘liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “2026 yil 15-yanvardan antibiotiklar elektron retsept orqali beriladi” degan xabarlarga aniqlik kiritdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 15-dekabrda «Elektron retsept» tizimini bosqichma-bosqich joriy etish tartibini belgilovchi buyruq qabul qilingan. Unga ko‘ra, retsept asosida beriladigan dori vositalari, jumladan antibiotiklar, tizimli sintetik antibakterial va gormonal dori vositalari elektron formatda tayinlanadi va dorixonalarda aynan shu tartibda beriladi.
Hozirda ushbu dori vositalari amalda elektron retsept orqali taqdim etilmoqda. Vazirlik shuningdek, buyruq Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 15-dekabrda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini va 16-dekabrdan kuchga kirganini ta’kidladi.
Shuni ham eslatib o‘tamizki, qog‘oz shakldagi retseptlarga 2026-yil 1-martgacha ruxsat berilgan.
Qaynoq24.uz dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi belgilangani haqida yozgan edi.

