Markaziy bank tomonidan 13-yanvar uchun o‘lchovli oltin quymalarning narxlari belgilandi. 5 gramm quymalar sotuvda 9 215 000 so‘mni tashkil etsa, qaytarib sotib olish narxi but holatda 8 857 000 so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan quymalar esa 8 768 000 so‘m etib belgilangan.
Shu tartibda, 10 grammli oltin 18 431 000 so‘mga sotiladi, 20 gramm 36 861 000 so‘m, 50 gramm 92 153 000 so‘m va 100 gramm quymalar esa 184 306 000 so‘mdan xarid qilinadi.
Qaytarib sotib olish narxlari ham o‘lchov va holatga qarab farq qiladi: but holatdagi quymalar yuqori narxda, buzilgan yoki texnik talabga javob bermaydiganlari esa pastroq baholanadi.
| Og‘irligi | Sotish narxi | Qaytarib sotib olish (but holatda) | Qaytarib sotib olish (buzilgan/texnik talablarga mos kelmaydigan) |
|---|---|---|---|
| 5 gramm | 9 215 000 so‘m | 8 857 000 so‘m | 8 768 000 so‘m |
| 10 gramm | 18 431 000 so‘m | 17 715 000 so‘m | 17 536 000 so‘m |
| 20 gramm | 36 861 000 so‘m | 35 430 000 so‘m | 35 072 000 so‘m |
| 50 gramm | 92 153 000 so‘m | 88 574 000 so‘m | 87 680 000 so‘m |
| 100 gramm | 184 306 000 so‘m | 177 148 000 so‘m | 175 359 000 so‘m |
Markaziy bank e’tiroficha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasiga ko‘ra, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Qaynoq24.uz 13-yanvarda valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida haqida yozgan edi.

