Red Magic 11 Air smartfoni 20-yanvarda taqdim etiladi

Foto: Red magic
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Nubia kompaniyasi yangi o‘yin smartfoni Red Magic 11 Air smartfonining rasmiy taqdimot sanasini e’lon qildi. Qurilma 2026 yil 20-yanvar kuni Xitoyda soat 15:00 da namoyish etiladi. Red Magic 11 Air odatiy “Air” smartfonlardan farq qilishi rejalashtirilgan.

Yangi smartfon to‘liq ekran dizayni, 16-megapikselli ekran osti old kamera, shaffof korpus va maxsus o‘yin triggerlari bilan jihozlangan. Qurilmada faol sovutish tizimi mavjud bo‘lib, yuqori tezlikdagi ichki ventilyator va qalin 4D Ice-Step bug‘ xonasi yordamida issiqlik samaradorligini oshiradi.

Foto: Red Magic

Shuningdek, Red Magic Cube o‘yin dvigateli, Red Core R4 esports chipi va ichki PC emulyatori integratsiya qilingan.

Magic 11 Air slim 7,85 mm korpus ichida eng katta batareyalardan birini oladi. Qurilma kuchli o‘yin ishlashi, zamonaviy dizayn va samarali issiqlik boshqaruvi izlovchi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Foto: Red Magic

TENAA ma’lumotlariga ko‘ra, telefon 6,85 dyuym OLED displey, 1216 x 2688 pikselli ruxsat va 120Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. Batareya sig‘imi 6 780 mA·soat, amalda 7 000 mA/soatga teng. Magic 11 Air 12GB/256GB dan 24GB/1TB gacha konfiguratsiyalarda taqdim etilishi kutilmoqda. Orqa kamera 50MP asosiy va 8MP ultra keng sensor bilan jihozlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma Snapdragon 8 Elite protsessori bilan ishlaydi.

Qaynoq24.uz Samsung Galaxy S26 Ultra haqida yangi tafsilotlar ochiqlangani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.