O‘zbekistonda ob-havo keskin sovishi kutilmoqda

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish
Foto: Unsplash

Shu hafta so‘nggida O‘zbekistonda ob-havo keskin sovishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromed ma’lum qildi. Mamlakat hududiga sovuq antisiklon kirib kelmoqda.

Ushbu jarayon bosqichma-bosqich kechadi. Antisiklon davrida atmosferada havo almashinuvi zaiflashadi. Natijada havoda ifloslantiruvchi moddalar va mayda zarrachalar, jumladan PM2,5 va PM10 to‘planishi mumkin. Bu havo ifloslanishi ko‘rsatkichlarining oshishiga olib keladi. Ushbu holat taxminan 3 kun saqlanib turadi.

Keyingi bosqichda antisiklon ta’siri kuchayadi. 16–17-yanvar kunlariga kelib respublikaning deyarli barcha hududlarida havo harorati pasayadi. Kunduzgi haroratlar ham tushadi. Tungi va ertalabki soatlarda sovuq yanada kuchayadi.

Shu bilan birga, antisiklon fonida yog‘ingarchilik ehtimoli ham mavjud. Ayrim hududlarda yomg‘ir yoki qor ko‘rinishida qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar kuzatiladi. Shamol va yog‘ingarchiliklar ta’sirida havoda to‘planib qolgan mayda zarrachalar yuviladi. Bu esa atmosfera havosi sifati bir muddat yaxshilanishiga olib kelishi kutilmoqda.

Qaynoq24.uz 14-yanvar kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.