Tailandda yo‘lovchi poyezd bilan bog‘liq og‘ir fojiada 19 kishi halok bo‘ldi

Foto: CNN
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Tailandda yo‘lovchi poyezd bilan bog‘liq og‘ir fojia yuz berdi. CNN xabariga ko‘ra, mamlakatning shimoli-sharqida olib borilayotgan qurilish ishlari vaqtida kran poyezd ustiga qulab tushdi. Hodisa oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi, qariyb 80 kishi jarohat oldi.

Fojia chorshanba kuni ertalab Nakhon Ratchasima viloyatining Sikhio tumanida sodir bo‘lgan. Bangkok shahridan Ubon Ratchathani viloyatiga yo‘l olgan poyezdning uchta vagoni kran zarbasiga uchragan. Zarba oqibatida poyezd relsdan chiqib ketgan va qisqa vaqtga yonib ham ketgan.

Foto: NDTV

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, vayronalar ostida qolgan yana qurbonlar bo‘lishi mumkin. Qutqaruvchilarning aytishicha, kran barqaror holatda bo‘lmagani sababli ayrim jasadlarni olib chiqish vaqtincha to‘xtatilgan.

Transport vaziri Phiphat Ratchakitprakarn poyezdda 195 nafar yo‘lovchi bo‘lganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning aksariyati kran urilgan ikki vagonda bo‘lgan. Vazir hodisa yuzasidan to‘liq tergov boshlashni buyurgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qulagan kran yuqori tezlikdagi temiryo‘l loyihasida ishlatilgan. Ushbu ko‘tarma temiryo‘l amaldagi relslar ustidan qurilayotgan bo‘lgan. Hodisa joyidan olingan suratlarda ag‘darilgan vagonlar, tutun va yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar aks etgan.

Qaynoq24.uz Tailand–Kambodja mojarosi bo‘yicha ASEAN tashqi ishlar vazirlarining maxsus yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.