Metallurgiya sanoati hajmi 206,9 trln so‘mdan oshdi

24 Kanal
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda metallurgiya sanoatida 206,9 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 % ga oshgan.

Hududlar kesimida eng yirik hajm Navoiy viloyatiga to‘g‘ri kelib, bu yerda 118,8 trln so‘mlik metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Toshkent viloyatida ko‘rsatkich 57,6 trln so‘mni, Toshkent shahrida esa 20,8 trln so‘mni tashkil etdi. Samarqand viloyatida metallurgiya mahsulotlari hajmi 6,1 trln so‘m bo‘ldi, Namangan viloyatida esa 1,1 trln so‘m qayd etildi.

Qolgan hududlarda ishlab chiqarish hajmi milliard so‘mlar bilan o‘lchandi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 204,1 mlrd so‘m, Andijon viloyatida 128,8 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 190,6 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 300,2 mlrd so‘m ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Qashqadaryoda 36,9 mlrd so‘m, Surxondaryoda 283,3 mlrd so‘m, Sirdaryoda 937,4 mlrd so‘m, Farg‘ona viloyatida 340 mlrd so‘m va Xorazm viloyatida 63,5 mlrd so‘mlik metallurgiya mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Qaynoq24.uz norasmiy sektor bajargan qurilish ishlari 69,9 trln so‘mga yetgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.