Ketrin Kennedi Lucasfilm rahbarligidan ketadi

Foto: Afisha Daily
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Ketrin Kennedi 2012-yildan beri egallab kelgan Lucasfilm kinostudiyasi prezidenti lavozimini tark etadi. Bu haqda Variety nashri xabar berdi.

Kennedi rahbarligi davrida studiya “Yulduzlar urushi” olamida beshta to‘liq metrajli film va bir nechta seriallarni taqdim etdi. Ushbu loyihalar orqali franshiza sezilarli darajada kengaydi va yangi auditoriyani jalb qildi.

Lucasfilm boshqaruvi endi uch nafar top-menejer qo‘liga o‘tadi. Deyv Filoni studiyaning kreativ direktori bo‘ladi. Linven Brennan va Kerri Bek ishlab chiqarish jarayonlari va biznes operatsiyalar uchun mas’ul etib belgilandi.

Ketrin Kennedi faoliyati davomida yagona uzoq muddatli strategiya yo‘qligi uchun tanqid qilingan. Shunga qaramay, uning davrida “The Mandalorian” seriali muvaffaqiyatli ishga tushirildi va Lucasfilm uchun muhim burilish bo‘ldi.

Lavozimni tark etganidan keyin Kennedi Disney bilan hamkorlikni davom ettiradi. U alohida kinoloyihalarda prodyuser sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Qaynoq24.uz Jeyms Kemeron milliarder rejissyorlar safiga qo‘shilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.