Saratov shahrida bir necha kuchli portlash ovozlari eshitildi. Mahalliy aholiga tayanib xabar bergan Shot Telegram-kanaliga ko‘ra, shahar Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli dronlar hujumiga uchragan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jami 10 dan ortiq portlash qayd etilgan. Ular mahalliy vaqt bilan 03:10 atrofida boshlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari bir nechta uchuvchisiz apparatni urib tushirgan.
Shuningdek, Saratov yaqinidagi Engels shahrida ham sirena tovushlari va uzoqdan kelayotgan portlashlar eshitilgani aytilmoqda. Hujum oqibatlari yoki jabrlanganlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmadi.
Bundan biroz avval Rosaviatsiya Saratov aeroportida parvozlarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, bu choralar xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ko‘rilgan.
Bundan tashqari, Penza viloyati hududida “Kover” rejasi e’lon qilingan. Ushbu hududda ham havo kemalarini qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha cheklovlar kuchga kirgan.
Qaynoq24.uz Qozog‘iston Rossiya elektr energiyasining eng yirik xaridoriga aylangani haqida yozgan edi.

